Monopol korxonalar olgan 3,6 mlrd so`mdan ortiq asossiz daromad iste`molchilar foydasiga qayta hisob qilindi
1567 16-05-2022 0 O'zimizdaBu haqda AOKAda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Joriy yilning birinchi choragida insofsiz raqobatga yo`l qo`yilmasligi bo`yicha 66 ta murojaat o`rganib chiqildi, natijada 10ta holatda insofsiz raqobatga yo`l qo`yilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda ish qo`zg`atilgan va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan.
Bundan tashqari, til biriktirishlar va kartel kelishuvlar bo`yicha jami 4 ta holat o`rganib chiqilgan. Jumladan tanlov savdolarida til biriktirishlarga yo`l qo`yilganligi, shuningdek metan gaz quyish shaxobchalari, avtomaktablar tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlarning narxlarni sun`iy tarzda oshirganlik holatlari bo`yicha yakuniy qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Реклама на Unews
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.