Moliya vazirligi: "Tashabbusli byudjet" loyihasiga fuqarolardan jami 41 125 ta takliflar kelib tushgan

Bu haqda AOKAda Moliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Takliflarning eng ko`pi 13 853 tasi ichki yo`llarni ta`mirlash, 6 798 tasi taklif umumta`lim maktablarini ta`mirlash va jihozlash, 5 649 ta taklif ko`chalarni yoritish tizimi, 4 424 ta taklif ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash bilan bog`liq muammolarni tashkil etgan.

Hozirda tashabbusli byudjet jarayonining 3-bosqich ya`ni ovoz berish jarayoni o`tkazilyapti. Fuqarolar joriy yilning 2 sentyabriga qadar o`zlarini qiziqtirgan takliflarga ovoz berishlari mumkin bo`ladi.  

Реклама на Unews

Har bir shaxs faqatgina bir marotaba ovoz berish xuquqiga ega bo`ladi. Bugungi kunga kelib fuqarolar tomonidan 100 mingdan ortiq ovozlar berildi. Bu bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Farg`ona viloyatiga (20 446) to`g`ri kelsa, eng past ko`rsatkich Sirdaryo viloyatiga (1 962) to`g`ri kelmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolarga ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida 3 xil ko`rinishda ovoz berish shakli tadbiq etilgan bo`lib, jumladan fuqarolar portaldan ro`yxatdan o`tgan holda, SMS-qisqa xabar orqali, oflayn ko`rinishda o`z ovozlarini berishlari mumkin.  

Bugungi kunga kelib jami kelib tushgan ovozlarning qariyb 55 foizi onlayn ko`rinishda, 45 foizi SMS qisqa xabar orqali kelib tushgan ovozlarni tashkil etmoqda. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko`ra, har bir tuman va shaharda eng ko`p ovoz to`plagan takliflar g`olib deb topiladi va ushbu tadbirlarni moliyalashirish uchun mablag` ajratiladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring