Misr ehromlaridan ham qadimiyroq inshoot topildi

Praga yaqinida qazish ishlari olib borayotgan arxeologlar Stounxenjdan va hatto Misr ehromlaridan ham qadimiyroq tosh davri inshooti qoldiqlarini topishdi.

 

Bunday komplekslar “dumaloq raqslar” deb ataladi. Taxminan etti ming yil oldin, so`nggi neolit ​​davrida mahalliy dehqon jamoasi bu dumaloq binoga to`plangan bo`lishi mumkin, ammo u qay maqsadda qurilgani noma`lum.

Ma`lumki, qazilgan doiraning diametri taxminan 55 metr yoki balandligi bo`yicha Piza minorasi bilan bir xil. Uning quruvchilari miloddan avvalgi 4900 va 4400 yillar orasida gullab-yashnagan kulolchilik madaniyatiga mansub.

Реклама на Unews

Vinorja hududidagi qazilma ishlariga boshchilik qilgan Miroslav Krausning ta`kidlashicha, bino qurilgan joyning topilishi ularga inshootdan nima maqsadda foydalanilgani haqida ma`lumot berishi mumkin. Tadqiqotchilar dumaloq doiraning mavjudligi haqida birinchi marta 1980-yillarda, quruvchilar gaz va suv quvurlarini yotqizayotgan paytda topib olishgan.

 

Shuningdek, Chexiya Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti vakili Yaroslav Rjidkiyning aytishicha, sopoldan idishlar yasagan odamlar Chexiyaning Bogemiya hududida ibodatxonalar qurgan, deyiladi korrespondent.net saytida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring