Mirziyoyev Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta zafarlar tiladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida zamonaviy Turkmaniston yuksak muvaffaqiyatlarga erishgani – barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanayotgani, xalqaro maydondagi nufuzi muttasil ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Реклама на Unews

Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlari chegeraoldi hududlar o‘rtasidagi faol aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish fikrini qo‘llab-quvvatladi.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya doirasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring