Mirishkor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 7 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumaniga yangi hokim tayinlandi. Tayinlov viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etgan Xalq deputatlar Mirishkor tumani kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida amalga oshirildi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Yig‘ilishda Qamashi tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Sanayev Sherali Choriyevich Mirishkor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Qamashi tumaniga kim hokim bo‘lgani aytilmagan.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Mirishkor tumanining avvalgi hokimi G‘ayrat Begaliyev 8 sentyabr kuni koronavirus infeksiyasidan vafot etgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring