Minskdan Toshkentga uchgan samolyot minalangani aytildi

"Uzbekistan Airways" AJ axborot xizmati xabar berishicha, kecha, 11 aprel kuni Minsk-Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY-710 reysi 15:39 (Toshkent vaqti bilan) Minsk milliy aeroportidan jadvalga muvofiq aviaqatnovni amalga oshirishni boshlagan.

A320 havo kemasi Rossiya havo hududida bo`lgan vaqtda "Uzbekistan Airways" AJ, shuningdek, Rossiya va Belorussiya aviasiya xizmatlari xodimlarining e-mail manzillariga anonim manzildan havo kemasida bomba joylashgani haqida ma`lumot yuborilgan.  

Havo kemasining yo`lovchilari va ekipaj a`zolari xavfsizligini ta`minlash maqsadida, A320 havo kemasi komandiri samolyotni tekshirish va ko`zdan kechirish maqsadida eng yaqin Domodedovo xalqaro aeroportiga qo`nishga qaror qilgan.

Реклама на Unews

"Ayni paytda layner, yo`lovchilar, ularning yuklari, yuk va pochta belgilangan tartibda tekshirildi. Havo kemasining minalashtirilgani haqidagi ma`lumot tasdiqlanmadi",-deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring