“Milliy tiklanish” partiyasi deputati koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Dildora Botirovna Umarova koronavirus infeksiyasidan vafot etdi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu haqda partiya axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Dildor Umarova 1966 yilda tug‘ilgan. 2018 yil buyon Yashnobod tumanidagi 149-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatligiga saylangan.

Реклама на Unews

Partiya jamoasi shu munosabat bilan marhumaning oila a’zolari, yaqinlariga hamdardlik izhor etdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring