Millat salomatligi uchun muhim qaror va dastur qabul qilinadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Loyihaga asosida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi “Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” PQ-4887-sonli qarori ijrosini ta`minlash hamda 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalarini bepul tarqatish tizimini shakllantirish ko`zda tutilgan. 

Hujjatga muvofiq, respublikada onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash borasida shunday tartib o`rnatilishi belgilanganki, unga ko`ra:

Реклама на Unews

a) 2021 yil 1 iyundan boshlab:

— 6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukuni bilan;

— 6 oylikdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalar «A» vitamini bilan;

Реклама на Unews

— 2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo`yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta`minlanadi;

b) 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

— homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;

— 35 yoshgacha tug`ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta`minlanadi;

Shuningdek, hujjat bilan 2021 — 2025 yillarda 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul ta`minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini hamda respublikada ayollar va bolalar salomatligini mustahkamlash uchun xarid qilinadigan, 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga polivitamin maxsus komplekslarini va bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash ko`zda tutilgan.

Hujjatda, Moliya vazirligi 2022 — 2025 yillarga O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari bo`yicha 15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga polivitamin maxsus komplekslarini va bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalarini sotib olishga zarur mablag`larni nazarda tutishi lozimligi belgilangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring