Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Toshkent shahar sudi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2021 yil 2 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchi K.Sh.ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetgan va sud hukmi e’lon qilingan.

Hukmga ko‘ra, K.Sh. 2021 yil 18 sentyabr kuni Toshkent metropoliteni poyezdining vagonida JK 129-moddasining (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Mahkumga ish haqining 20 foizi miqdori davlat daromadiga ushlangan holda 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 10 oy 21 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring