Messi La Ligada tarixiy rekord o‘rnatdi

La Liga 36-turi doirasidagi «Barselona» - «Valyadolid» (1:0) uchrashuvida Lionel Messi Ispaniya chempionatining tarixiy rekordini o‘rnatdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Uchrashuvda Messining golli uzatmasidan keyin Arturo Vidal o‘yindagi yagona golga mualliflik qilib, Kataloniya klubiga g‘alaba keltirdi. 

Ushbu o‘yinda golga assistentlik qilgan argentinalik futbolchi La Liganing tarixiy rekordini o‘rnatdi. Messi bir mavsumda chempionatda 20ta gol urgan va 20ta golli uzatmani amalga oshirgan La Liga tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. 

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, «Barselona» hozirda 2-o‘rinini band etib, «Real»dan bir ochkoga ortda qolmoqda. Madrid klubi tur uchrashuvini bugun «Granada»ga qarshi o‘tkazadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring