Messi jahon chempionatida qaysi terma jamoa g‘olib bo‘lishini aytdi

PSJ hujumchisi Lionel Messi Qatar mezbonlik qiladigan jahon chempionati favoritlari orasiga o‘zi sardorlik qiladigan Argentina terma jamoasini qo‘shmadi.

Jahon chempionatining favoritlari qatoriga har doimgidek Braziliya, Germaniya, Fransiya, Angliya, Ispaniya kiradi va men yana qaysidir jamoalarni unutganim aniq.

Agar men ular orasidan bitta yoki ikkita jamoani tanlashim kerak bo‘lsa, Braziliya hamda Fransiya mundialda g‘oliblikka asosiy da’vogar
, - dedi Lionel Messi.

35 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasida 2005 yildan beri to‘p tepmoqda. Messi o‘u kunga qadar 164 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 90 ta gol va 51 ta assist yozdirib qo‘ygan. Jahon futbolida faqat ikkita futbolchi – Krishtianu Ronaldu va Ali Dayi o‘z terma jamoasi uchun Messidan ko‘p gol urgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring