Messi «Barselona» tarixiga kirdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga 24-turi doirasida 21 fevral kuni «Kadis»ga qarshi bahsda (1:1) maydonga tushdi va jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu argentinalik futbolchi uchun Ispaniya chempionatida katalonlar safidagi 506-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa Messi La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha «Barselona» sobiq yarim himoyachisi Xavining rekordini yangiladi.

«Barselona» safida La Ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:

Реклама на Unews

 
  • Lionel Messi — 506 ta o‘yin;
  • Xavi — 505;
  • Andres Inyesta — 442;
  • Serxio Buskets — 400;
  • Karles Puyol — 392.

Messi 2004 yildan buyon «Barselona» asosiy jamoasida to‘p surib keladi. Joriy mavsum u La Ligada 21 ta o‘yin o‘tkazib, 16 gol va uchta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring