“Menman, Jaloliddin” nomli film yaratuvchilariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, “O‘zbekkino” Milliy agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Mazkur jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan “O‘zbekkino” Milliy agentligida o‘tkazilgan tekshiruv hujjatlari asos bo‘lgan.

Tergov jarayonida,“O‘zbekkino” Milliy agentligining faoliyatiga tegishli hujjatlar olinib, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan taftish tayinlangan.

Реклама на Unews

Aniqlanishicha, 22.06.2018 yilda “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda“Best organaizer” MChJ o‘rtasida “Menman, Jaloliddin”nomli film yaratish haqida dastlabki shartnoma tuzilib, shartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln. so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Lekin, ushbu filmni suratga olish ishlari “Mendirman, Jaloliddin” nomi bilan Turkiya Respublikasidagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni ishlab chiqarish harajatlari byudjetdan emas, balki boshqa homiylar tomonidan moliyalashtirilganligi sababli, “O‘zbekkino” Milliy agentligidan ajratilgan mablag‘lar filmni ishlab chiqarish uchun sarflanmagan va bugungi kunda byudjetga qaytarilgan.

Tergov harakatlari davomida 2020 yil 03 oktyabr kuni taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan “Mendirman, Jaloliddin” filmiga tegishli hujjatlar olinmagan hamda ushbu filmni ishlab chiqargan shaxslarni jinoyat ishiga hech qanday aloqadorligi yo‘q.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring