Meksikada kuchli zilzila yuz berdi

Meksika janubida 7,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari mamlakat poytaxtida kuchliroq sezilgan, deb xabar beradi Meksika seysmologiya xizmati. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra bir kishi vafot etdi.

«7,1 magnitudali zilzila soat 20:47da (Toshkent vaqti bilan 6:47) Akapulkodan 11 kilometr janubi-sharqda 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Gerrero shtati gubernatori Ektor Astudilo bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Реклама на Unews

«Menga hozirgina Koyyukda bir odamning vafot etganini xabar berishdi — ustiga simyog‘och qulab tushgan», — dedi u.

Garchi hukumatga moddiy zarar haqida ko‘plab xabarlar kelib tushgan bo‘lsa-da, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q, deya xulosa qildi shtat gubernatori.

Mexiko shahar meri Klaudiya Sheynbaumning so‘zlariga ko‘ra, zilzila poytaxtga zarar yetkazmagan. Uning nutqi Twitterda e’lon qilindi.

Реклама на Unews

«Politsiya shaharni uch marta aylanib chiqib, hech qanday zararni qayd etmagan», — dedi u.

Siyosatchi ba’zi hududlarda elektr yo‘qligini, lekin hukumat elektr energiyasini tiklash bo‘yicha energetika kompaniyasi bilan aloqada ekanligini qo‘shimcha qildi.

Agentlik muxbirining xabar berishicha, zilzila paytida Meksika poytaxti ko‘chalariga yugurib chiqqan odamlar yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lishiga qaramay, uylariga qaytishga shoshmayaptilar. Fuqarolar zilzila takrorlanishi mumkinligi haqida xabardor qilingan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring