Meksika va Boliviyada avtobuslar ag‘darilib ketdi

29 yanvar kuni Meksika g‘arbidagi Xalisko shtatida 20 dan ortiq yo‘lovchini olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Twitter’da ma’lum qildi.

«Avtohalokatdan keyingi qutqaruv operatsiyasi yakuniga yetdi. Sakkiz erkak va to‘rt ayol, jumladan, ikki nafar voyaga yetmaganlar voqea joyida vafot etdi, yana bir kishi kasalxonada jon berdi, 10 nafar yo‘lovchi jarohat oldi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, besh nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Fojianing ehtimoliy sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

Shu bilan bir vaqtda Boliviyaning Kochabamba departamentida yo‘lovchi avtobusi tog‘ yo‘lidan qulab tushgan. Correo del Sur xabariga ko‘ra, YTH oqibatida o‘n bir kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohat olgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring