"Mediapark" sotuvchisining onasi va Yunusoboddagi ikki nafar inspektorda koronavirus aniqlandi

Afsuski, aholi orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilish holatlari hamon davom etmoqda. Bunga, avvalo, odamlarimizning hotirjamlikka berilib, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishmayotgani sabab bo‘lmoqda. Vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, qaysi toifadagi hudud bo‘lishidan qat’iy nazar, yon-atrofingizda koronavirus yuqtirib olish xavfi ehtimoli yuqori, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Afsuski, so‘nggi uch kun davomida, jumladan, 8 iyun kuni kasallik qayd etilgan jami 109 nafar bemorning 66 nafari, 9 iyun kuni koronavirus aniqlangan jami 80 nafar bemorning 25 nafari  hamda 10 iyun kuni sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 103 nafar bemorning 27 nafari aholi orasida aniqlangan. 

10 iyundagi holatni hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, 11 nafari Toshkent viloyatidan, 7 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Sirdaryo viloyatidan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 2 nafardan, 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan.

Реклама на Unews

Misol uchun, Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilib, uy sharoitida davolangan fuqaroda, Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasining 2 nafar inspektorida, Shayxontohur tumanidagi “Mediapark” savdo majmuasi sotuvchisining onasida koronavirus aniqlangan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatida yashovchi, Yunusobod bozorida ziravorlar savdosi bilan shug‘ullanadigan fuqaroning 2 nafar oila a’zosida, Bekobod va Toshkent tumanlarida yashovchi 2 nafar fuqaro hamda Toshkent tumanidagi “Amerikan gospital” xususiy klinikasi kichik tibbiyot xodimida ham kasallik tasdiqlangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring