Mbappeda koronavirus aniqlandi

PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening koronavirusga topshirgan testi ijobiy natijani ko‘rsatdi. Bu haqda Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ayni damda 21 yoshli futbolchi terma jamoa yig‘inida bo‘lib turibdi. Ijobiy tahlillar sabab u Xorvatiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi va klub tasarrufiga qaytadi.

Avvalroq Neymar, Mauro Ikardi, Anxel di Mariya, Leandro Parades va Keylor Navas kabi PSJ futbolchilarida koronavirus aniqlangandi.

Реклама на Unews

Parij klubi 10 sentyabr kuni Liga 1 doirasida «Lans»ga qarshi o‘yin o‘tkazishi belgilangan, biroq mazkur holat sabab ushbu o‘yinni o‘tkazish masalasi savol ostida qolmoqda.

PSJ Chempionlar Ligasidagi ishtirok sabab Fransiya chempionatining dastlabki ikki turini o‘tkazib yuborgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring