Mbappe "Real"ga o‘tish uchun moliyaviy talablarini pasaytirmoqchi

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Karlos Karpio xabariga ko‘ra, "PSJ" hujumchisi hali ham Madrid klubiga o‘tish niyatida.

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres moliyaviy talablarni pasaytirgan holda kelajakda o‘z xizmatlarini taklif qilsa, fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortmaydi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum oxirida Mbappe "Real"ga o‘tishdan bosh tortgan va "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirgan edi.

Oxirgi jahon chempionatida Kilian yetti uchrashuvda sakkizta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Mbappe finalda xet-trik qayd etdi.

Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatida 16 marta maydonga tushib, 13 marta gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring