Maymun chechagi dunyoning 89 davlatida ro`yxatga olindi, bemorlar soni qariyb 28 ming nafarga etdi — JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Er yuzida maymun chechagi tarqalishi bilan bog`liq navbatdagi hisobotini e`lon qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda keltirilishicha, ushbu epidemiya hozirgacha dunyoning 89 davlatida ro`yxatga olindi. Infeksiyani yuqtirgan bemorlar soni esa 27 814 nafarga etgan. Ulardan 11 nafari kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumdi.  

 

Virusdan eng ko`p aziyat chekayotganlar ro`yxatida Evropa va Amerika qit`alari peshqadam. Xususan, shu kungacha AQShda 7510 nafar bemorga maymun chechagi tashxisi qo`yilgan bo`lsa, Evropada bu ko`rsatkich 16 814 nafarga teng.

Реклама на Unews

Shundan  Ispaniyada — 4577, Germaniyada — 2887, Buyuk Britaniyada — 2759, Fransiyada — 2239, Braziliyada – 1721 ta holat qayd etilgan.  

Qolgan 83 ta mamlakatda esa kasallanganlar soni ko`pi bilan 1000 nafardan oshmaydi. Nigeriyada 4 nafar, Ispaniya va Markaziy Afrika Respublikasida 2 nafardan, Braziliya, Gana hamda Hindistonda esa bir nafardan bemor xastalik tufayli vafot etgan.

JSSTning ma`lum qilishicha, hozircha maymun chechagiga qarshi alohida va maxsus vaksinalar mavjud emas. Shunga qaramay, chechak kasalligining oldini olishda qo`llaniladigan emlash vositalari ushbu xavfli infeksiyadan himoyalanishda 85 foiz samara beradi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring