BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Mayk Tayson UFC chempioni Jon Jonsni jangga chorladi

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasining sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson boks va UFC’dagi gonorarlarni o‘zaro solishtirib o‘tdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Eshiting, UFC — boksdan ko‘ra mashhurroq sport turi, shundaymi? Biroq UFC jangchisi hech qachon yaxshi saviyadagi bokschidan boyroq bo‘la olmaydi.

Konor Makgregor 100 million dollar ishlab olish uchun Floyd Meyvezer bilan jang qilishga majbur bo‘ldi.

Agar Jon Jons katta miqdorda pul ishlab olishni xohlasa, men bilan jang qilishi kerak», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons — yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni va promoushen umumiy reytingi yetakchisi. Avvalroq sportchi unga yaxshilangan shartnoma taklif qilmayotgani uchun UFC’ni tanqid ostiga olgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

O‘zbekistonlik futbolchilar 4 oydan beri Bangladeshdan qayta olmayapti (FOTO) O‘zbekiston hukumati pandemiya boshlanganidan buyon ko‘plab charter reyslarni amalga oshirib, minglab fuqarolarimizni vatanga qaytardi. Biroq hanuzgacha chet davlatlarda qolayotgan fuqarolarimiz bor. Ular orasida futbolchilar ham bor. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. Bangladesh poytaxti Dakka shahrida bo‘lib turgan «Paxtakor» va O‘zbekiston yoshlar jamoasi sobiq futbolchisi Alisher Azizovning Tribuna.uz caytiga ma’lum qilishcha, Bangladesh chempionatida to‘p tepgan 7 nafar o‘zbekistonlik futbolchi mart oyidan beri uylariga qaytib kela olmayapti.  Karantin joriy qilingunga qadar Bangladeshning «SHEIKHRUSSEL FC» klubida o‘ynagan Azizov bilan birga «BRASSERS FS» futbolchilari Otabek Valijonov va Murod To‘ychiyev, «CHITTAGONG ABAHANI FC» a’zolari Iqbol Boboxonov va Shukurali Po‘latov, «RAKHMATJONJ FC» jamoasida o‘ynagan Akobir To‘rayev va Furqat Hasanboyev ayni damda Bangladesh poytaxtida qolmoqdalar.  30 yoshli hujumchi Alisher Azizovningning aytishicha, Bangladesh chempionati 20 mart kuni 6-tur o‘yinlaridan so‘ng to‘xtatilgan. Mamlakat futbol federasiyasi barcha klublarga legionerlar bilan shartnomalarni bekor qilishni tavsiya qilgan. Shunga ko‘ra, legionerlarga 20 martgacha bo‘lgan maoshlar to‘lab berilib, shartnomalar bekor qilingan. Shunga qaramay, o‘zbek legionerlari klublar qarorgohida yashab kelmoqda. Ba’zi jamoalar ancha vaqtgacha futbolchilarga kunlik oziq-ovqati uchun pul berib turgan. So‘nggi paytlarda bu to‘lovlar ham to‘xtagan. «Bu yerda maoshlar uncha katta emas. Ba’zi futbolchilar qiynalib qolishdi. Ochig‘i, hech birimizga oson bo‘lmayapti. Biz pandemiya e’lon qilingan, chempionat to‘xtatilgan paytdayoq O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntirgandik. Ular Hindistondagi elchixona bilan bog‘laninglar, deyishdi. Biz bilan aloqaga chiqqan xodim esa Hindiston orqali charter reys bilan olib ketamiz, deb va’da berdi. Birinchi charter reysda olib ketishmadi. Biz Dakkadan Hindistonga borib olishimiz darkor. Ammo, reys yo‘q ekan. Ikkinchi charter reys ham ketdi. 10 kun bo‘ldi bunga. Hindiston ruxsat bermayapti, deyishdi. Bilsak, Dakkadan Dehliga reys bo‘lgan. Samolyot bo‘sh ketgan, joy bo‘lgan. Bizga joy yo‘q, deyishgandi. Hamon Dakkadamiz. Iyungacha o‘sha odamning gaplariga ishonib o‘tiribmiz. Uchinchi reys ham xuddi shunaqa bo‘ldi – ketolmadik. Hatto Qirg‘iziston orqali ketish variantini ko‘ra boshladik. Qirg‘iziston tomoni bizni olib ketishga rozi. 27 iyun sanasida Dakkadan Hindistonga, u yerdan Qirg‘izistonga reys bor ekan. Bizga faqat viza qilib berishsa bo‘ldi. Ammo elchixona shuniyam hal qilib berolmayapti», - deya vaziyatni tushuntirdi Alisher Azizov. Qariyb to‘rt oydan buyon O‘zbekistonga qayta olmayotgan futbolchilarimizning muammosi hal bo‘lib, tez orada Vatanga qaytishlariga ishonamiz. Bu borada ularga O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ham amaliy yordam beradi, deb umid qilib qolamiz. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring