Maxmud Murodov ko‘cha janglariga aloqasi haqidagi savolga javob berdi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Maxmud Murodov ko‘chada urushishga to‘g‘ri kelib qoladigan holatda o‘zini qanday tutishi haqida gapirdi. Jangchi bunday holatlarga duch kelishdan qochishini aytdi.
Aytishganlaridek, urushish muqarrar bo‘lsa birinchi bo‘lib urish kerak. Lekin, kuchli odamlar bunday holatlarda boshini qimirlatib yo‘lida davom etadi. Men maktabda ko‘chada urishardim. Hozirgi kunda esa bunday holatlardan yiroqda bo‘lish uchun hamma kerakli ishlarni qilaman. Bayram qilayotganda ayrim erkaklar mast holatda o‘z kuchini ko‘rsatgisi keladi. Ayrim paytlari tanishlarim meni ko‘cha janglariga aralashtirishga harakat qiladi. Shu sababga ko‘ra hozirgi kunda atrofimga ko‘chada urishishga yo‘l qo‘ymaydigan insonlarni yig‘ib olganman. Ha, qo‘riqchi bo‘lib ishglaganimda urishganman. Lekin o‘shanda men ishim sababli shunday qilishga majbur bo‘lganman”, – deydi jangchi.
Murodov ko‘cha janglariga aralashmasligini va o‘zini butunlay sportga jalb qilayotganini ta’kidladi. Jangchining so‘zlariga ko‘ra, u qiz bolani himoya qilib, urushgan. O‘shanda jangchi 10 ming yevro jarima to‘lashga va sud jarayonida aybdor emasligini isbotlashga majbur bo‘lgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring