"Mask, davay dosvidaniya!": Dunyoning eng boy odami o’zgardi!

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari ro’yxatidagi birinchi o’rinni LVMH (Moet Hennessy Louis Vuitton) egasi, frantsiyalik Bernard Arnoga boy berdi. Bu haqda “Forbes”ning yangilangan reytingida ma'lum qilindi.

Jurnal ma'lumotlariga ko’ra, Bernard Arno 185,4 milliard dollarlik shaxsiy boyligi bilan eng boy odam unvonini qo’lga kiritdi.

Qatar mamlakatida o’tkazilayotgan futbol bo’yicha Jahon chempionati oldidan “Louis Vuitton” Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini bitta mahsulot reklamasiga taklif etgan edi. Natijada bu post Instagram ijtimoiy tarmog'ida 1 kunda 60 mln martdan ortiq ko'rildi. 

Реклама на Unews

2021 yil sentyabridan buyon dunyoning eng boy odamlari ro’yxatida birinchi o’rinni egallab turgan Maskning boyligi 185,3 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Nashrning yozishicha, “Tesla” aktsiyalari taxminan 4 foizga arzonlashgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring