Mashhur basketbolchi Islomni qabul qildi

42 yoshli Stiven Jekson Filadelfiyadagi «Ibn Usaymin» masjidida o‘tkazilgan marosimda qatnashadi. Keyinchalik buni hayotidagi unutilmas kunlardan biri deb ta’riflaydi, u o‘zining instagram sahifasida. Shu tashrif sabab, Stiven Jekson Islomni qabul qiladi. Bu haqda theislamicinformation.com sayti xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

2015 yilda u 17 yil davom etgan mashhurlik va shov-shuvli karyerasidan so‘ng Milliy basketbol assosiasiyasi chempionidan iste’foga chiqadi. U NBA ning o‘zida 14 mavsum o‘ynagan. 2002-2003 yilgi mavsumda San-Antonio Spurs jamoasining muhim a’zosi bo‘lgan. Shu vaqt mobaynida u jamoasi bilan NBA chempionligini qo‘lga kiritgan.

Yoshligidan uni onasi Texasdagi Xyustonda tarbiyalagan. Uning o‘gay ukasi 16 yoshida zo‘ravonlik bilan o‘ldirilgan va buning oqibatida Jeksonning hayoti muammalorga duch kelgan.

Реклама на Unews

Jekson ushbu qiyinchiliklarga qaramay, NBA chempionligi uchun sabr matonat bilan shug‘ullanishni davom ettirgan sportchilardan hisoblanadi. U «Golden State Warriors», «Indiana Pacers», «Milwaukee Bucks» va «Atlanta Hawks» kabi jamoalarda o‘ynagan.

«U Golden State Warriors ning yetakchi o‘yinchilaridan bo‘lgan va jamoaning yuragi edi», deya ta’kidlaydi mashhur basketbolchi Baron Devis.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring