Masharipovdan yaxshi o‘yin kutib qolaman — Abramov Yamanga qarshi o‘yin haqida gapirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 11 iyun kuni JCH-2022 saralashi doirasida “D” guruhidan o‘rin olgan navbatdagi bahsni o‘tkazadi. Ar-Riyod shahridagi “Qirol Fahd” stadionida Yaman terma jamoasiga qarshi bahs o‘tkaziladi.

O‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Yig‘indagi 2-o‘yinimizni o‘tkazamiz, albatta, 1-o‘yindagi g‘alaba bu o‘yinning kayfiyatiga ham ta’sir qiladi. Bugun ham 1-o‘yindagi singari ishonchli o‘yin o‘tkazishga harakat qilamiz. Hozir faqat Yaman haqida o‘ylamoqdamiz, ularning muxlislari ko‘p, tribunada ham ularning muxlislari bizning muxlislardan ko‘proq bo‘ladi.

Реклама на Unews

Masharipov birinchi o‘yinda dubl qildi, bundan xursandman. Bugun ham undan yaxshi o‘yin kutib qolaman, sababi u jamoaning asosiy ijodkori, u bilan hujumlar boshlanadi”, deydi Abramov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJning Singapurga qarshi kechgan bahsida 5:0 hisobi qayd etilgandi, gollarga Eldor Shomurodov, Odil Ahmedov, Irfan Fandi (avtogol) hamda Jaloliddin Masharipov (dubl) mualliflik qilgandi.

Ma’lumot uchun, uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring