BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Markaziy bank PayPal O‘zbekistonda qachon ochilishini ma’lum qildi

“PayPal” o‘zi nima?

“PayPal” – bu xalqaro to‘lov tizimi bo‘lib, AQShning PayPal Holdings Inc. kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Tashkiliy-huquqiy shakli jihatidan ochiq aksiyadorlik jamiyati (public company) hisoblanadi va aksiyalari NASDAQ birjasida savdo qilinadi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Mazkur to‘lov tizimida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida bank kartalari (“Visa”, “MasterCard”, “AmEx” va h.k.) biriktiriladi va ular orqali pul mablag‘larini elektron hamyonlarga kirim qilish hamda pulni qaytarib olish imkoniyati mavjud. To‘lov tizimi tomonidan undiriladigan haq (komissiya) to‘lovning turiga qarab 3,4 foiz+$0,30 gacha, valyutalar konvertatsiyasida esa 3,9 foizni tashkil etadi.

“PayPal” O‘zbekiston uchun nimaga kerak?

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan dasturchi-frilanserlar o‘zlari yaratgan dastur va raqamli kontentni (reklama, o‘yin tokenlari va boshqalarni) chet ellik mijozlarga (xaridorlarga) sotish uchun turli xil elektron platformalardan foydalanadilar. Mazkur platformalar tomonidan dastur yoki raqamli kontentdan tushgan mablag‘lar yig‘ilib, dasturchi-frilanserlarga to‘lab beriladi.

Mahalliy dasturchilarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, elektron platformalarning ko‘pchiligi, xususan, eng yirik “Google PlayMarket” yoki “Apple AppStore” ilovalar do‘koni tomonidan o‘zbekistonlik dasturchilarga to‘lovlar bank kartalari yoki odatiy bank pul o‘tkazmalari orqali hech qanday muammolarsiz to‘lab berilmoqda.

Biroq ayrim ixtisoslashgan platformalarda, xususan, “Upwork”, “Fiverr” yoki o‘yin tokenlari sotiladigan “Envato”, “Storyblocks” va shunga o‘xshash tizimlarda to‘lovlar faqat “PayPal” to‘lov tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.

Muammo o‘zi nimada?

Hozirgi kunda “PayPal” to‘lov tizimida elektron hamyonlarni O‘zbekiston hududida muomalaga chiqarilgan bank kartalarini biriktirgan holda pul mablag‘lari bilan to‘ldirish imkoniyati mavjud emas. Mazkur cheklovni ushbu to‘lov tizimi O‘zbekistonda biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishmagan, muhokama qilmagan holda mustaqil ravishda o‘rnatgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3724-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan “PayPal” kompaniyasi bilan o‘tkazilgan dastlabki muzokaralarda kompaniya yaqin kelajakda mazkur tizimni respublikamizda joriy etish rejalashtirilmaganligini bildirgan.

Markaziy bank “PayPal”ga nisbatan cheklov o‘rnatganmi?

Markaziy bank aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun xorijiy to‘lov tizimiga ulanish, shuningdek, respublika banklari tomonidan muomalaga chiqarilayotgan “Visa”, “MasterCard”, “UnionPay” yoki “MIR” kartalarini xorijdagi elektron hamyonlarga biriktirish yuzasidan hech qanday cheklov o‘rnatmagan. Misol uchun, bugungi kunda fuqarolarimizning “WebMoney”, “QIWI” va boshqa shunga o‘xshash xorijiy elektron hamyonlar tizimlaridan foydalanishi tobora keng tus olmoqda.

“PayPal” o‘rnatgan cheklovni Markaziy bank bekor qila oladimi?

Markaziy bank tomonidan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi, xalqaro norma va qoidalarini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunida (O‘RQ-378, 2019 yil 1 noyabr) elektron pullar muomalasiga, shuningdek, to‘lov tizimlari ustidan nazorat va kuzatuv vakolatiga doir normalar o‘rin olgan.

Shunga ko‘ra, Markaziy bankning to‘lov tizimlari ustidan nazorat va kuzatuv vakolati respublikamiz hududida faoliyat yurituvchi to‘lov tizimlari faoliyatiga tegishli bo‘lib, boshqa davlatlar, jumladan, AQShda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan to‘lov tizimlariga taalluqli emas.

Markaziy bankning to‘lov tizimlari ustidan nazorat va kuzatuv vakolati doirasida “PayPal” to‘lov tizimidagi O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan kartalarga nisbatan o‘rnatilgan cheklovni ma’muriy yo‘l bilan bekor qilish imkoniyati mavjud emas.

Qachonki “PayPal” to‘lov tizimi O‘zbekistonda tegishli bo‘linma ochib, milliy valyuta – so‘mda to‘lovlar va amaliyotlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsa (Rossiyada faoliyat yuritayotgan OOO NKO “PeyPal RU” kabi), u holda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, “PayPal” Markaziy bankdan tegishli litsenziya olishi va o‘rnatilgan tartibda nazorat va kuzatuv ostida bo‘lishi talab qilinadi.

Dasturchi-frilanserlar nima qilishi kerak?

“O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 3231, 29.04.2020 yil) muvofiq, Markaziy bank tomonidan “OSON”, “SLICK” va “PAYME” to‘lov tizimlari elektron pullar tizimi reyestriga kiritilgan.

Hozirda mazkur elektron pullar tizimlarida ochilgan elektron hamyonlariga “WebMoney” va “QIWI” elektron hamyonlari orqali elektron pullarni o‘tkazish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, “OSON” va “SLICK” elektron pullar tizimi operatorlari tomonidan “PayPal” tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, respublikamiz tijorat banklari tomonidan “Visa”, “Mastercard”, “Unionpay” xalqaro to‘lov tizimlari bilan o‘zaro kelishuv asosida muomalaga chiqarilayotgan chet el valyutasidagi bank kartalari yordamida internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud.

Ushbu xalqaro bank kartalari orqali dunyoning deyarli barcha elektron tijorat sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlariga internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. O‘z navbatida, tijorat banklari tomonidan xalqaro bank kartalari orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish uchun raqobatbardosh va jozibador tariflar taqdim etilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, “PayPal” to‘lov tizimi tomonidan o‘rnatilgan cheklov bekor qilinmaguniga qadar, dasturchi-frilanserlar muqobil elektron hamyonlar – “WebMoney”, “QIWI”, “Yandeks.Dengi” xizmatlaridan foydalanishlari yoki to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartalari orqali qabul qilishlari mumkin. Bank kartalari yordamida amalga oshirilgan to‘lovlar narx borasida, ya’ni elektron tijorat sub’yektlari to‘laydigan komissiyaning nisbatan kamligi (0-2,5 foiz) jihatidan ham eng maqbul vosita bo‘lishi mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid farmonni imzoladi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri. Ushbu farmon qabul qilinishidan maqsad iqtisodiyot tarmoqlaridagi yashirin aylanma darajasini keskin pasaytirishdan iborat. Hujjat bilan biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Xususan: Umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmaydi. Ushbu chora plastik kartalardan cheklovlarsiz to‘lov qabul qilish hisobidan tushumni ko‘paytirish hamda naqd shaklda olingan summalarni aks ettirish imkonini beradi. Avval qabul qilingan qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilingan. Lekin ko‘rsatilayotgan xizmatlardan olinadigan daromadni qonuniy aylanmaga jalb qilish uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi. Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR kodi asosida sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish eksperimenti 2020-yilda barcha hududlarda amalga oshiriladi. Bugungi kunga qadar Toshkent shahrida 9 oyda 3,3 trillion so‘mlik 16,3 millionta chek, viloyatlarda esa 6,3 trillion so‘mlik 22,7 millionta chek chiqarilgan. Sovrinli o‘yinlarning viloyatlarda joriy etilishi onlayn kassa mashinalariga o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Sovrinli o‘yinlarga 1 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, 2020-yil 1-oktabr holatiga 524 million so‘mlik sovrinlar o‘ynaldi. Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar biznes yuritishdagi joriy amaliyotga moslashtiriladi. Jumladan, qurilish korxonalariga ishchilarni ularga ish haqini naqd pulda to‘lash (mehnatga haq to‘lash fondining 10 foizidan oshmagan holda) huquqi bilan hamda ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini saqlab qolgan holda shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi. Soliq va bojxona ma’muriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning to‘liqligiga, shu jumladan, soliqlardan bo‘yin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratiladi. Bu quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 1) tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga vakolatli organni xabardor qilgan holda o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari natijalarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish tartibini joriy qilish. Ushbu chora soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari doirasidagi harakatlariga fuqarolarning ishonchini oshirish, shuningdek, soliq organlari suiiste’mollik holatlariga yo‘l qo‘yishlarining oldini olishga xizmat qiladi; 2) Soliq organlarining ma’lumotlarini qayta ishlash markazini zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta’minot bilan ta’minlashni tezlashtirish va birlamchi qo‘shimcha jihozlash maqsadida 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Soliq islohoti natijasida foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, resurs soliqlarini to‘lovchi shaxslar soni o‘rtacha 15 barobar ko‘paydi. Xalqaro ekspertlarning fikricha, vakolatli organlarning tayyorgarligi va iqtisodiyotdagi yashirin ulushning qisqarishi o‘rtasida bevosita aloqa bor. Masalan, IT darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyot ulushi past. Yashirin iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omil sifatida korrupsiyani qisqartirish. Xalq ta’limi vazirligi, Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat (komplayens-nazorat) tizimini joriy qilish. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini majburiy o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini ishlab chiqish, shuningdek, reyting natijalarini davriy e'lon qilish hamda rahbarlarining shaxsiy javobgarligini baholash tizimini joriy qilish. Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev 2021–2022-yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi Ushbu reyting davlat organlari faoliyatida korrupsiya ko‘rinishlari mavjudligi xatarini tahlil qilish asosida korrupsiyaga eng moyil bo‘lgan idoralar monitoringini amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, rahbarlarning shaxsiy javobgarligini baholash va e’lon qilish ularning mas’uliyatini oshiradi. Turli vazirlik va idoralarning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan faoliyatini ta’minlash. Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish “ko‘p vektorli” tusga ega ekani hamda ko‘plab vazirlik va idoralarning ishtirokini taqozo etishini hisobga olib, Maxsus komissiya tashkil etiladi va uning ichki organi sifatida Moliya vazirligi belgilanadi. Shu bilan bir qatorda, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bevosita joylarda amalga oshirilishini hisobga olib, hududlar hokimlari boshchiligidagi hududiy komissiyalar tuzilmoqda, ularning aniq vazifa va funksiyalari belgilanadi. Maxsus komissiyasiga Jahon banki va boshqa xalqaro institutlar bilan hamkorlikda Yashirin iqtisodiyotning oldini olish va unga qarshi kurashish strategiyasini, Markaziy bankka esa naqdsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish yuklatildi. Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish. Xalqaro ekspertlarning fikricha, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan tadbirkorlar va aholini qonuniy biznesning nufuzini oshirishga jalb qilish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarga nisbatan murosasizlikni targ‘ib qilish bo‘yicha “media-reja” ishlab chiqiladi. Farmon ijrosi quyidagi tartibda tashkil etiladi: Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha Maxsus komissiya va hududiy komissiyalar tuziladi, ko‘rsatilgan choralar ijrosining borishi yig‘ilishlarda har hafta ko‘rib chiqiladi; vazirlik va idoralarning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan choralarni so‘zsiz bajarish; yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan vazirlik va idoralar o‘rtasida turli darajalarda yaqindan hamkorlik (chora ko‘rish, axborot almashish va boshqalar) yo‘lga qo‘yiladi; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Hisob palatasi rahbarlari hududlarga chiqib, hududiy komissiyalarning samarali faoliyatini tashkil etadi. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!  

2 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 04-08-2021 ISLOMJON

    iltimos PayPal tõlov tizimini Õzbekistonda ishlashga ruxsad beringlar

    Javob yozish
  2. 06-01-2021 Oybek

    Paypal ozbekistonda qachondan boshlab ishga tushadi shuv sovol boyicha jovob bersagiz

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish