Maradona tasvirlangan banknota chiqarilishi mumkin
1765 01-12-2020 0 SportArgentinada afsonaviy futbolchi Diyego Maradona suratini 10 ming peso baknotasiga tushirish taklif qilindi. Petitsiya matni Change.org platformasida joylashtirilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Qayd etilishicha, aksiya 1 dekabrga o‘tar kechasi boshlangan. Shu paytgacha tashabbusni 15 mingdan ortiq kishi qo‘llab-quvvatlagan, ularning soni o‘sishda davom etmoqda.
Kupyuraning markazida Maradonaning yoshlikdagi portreti, orqa fonda esa u 1986 yilda yutib olgan Jahon kubogi tasvirlangan.
Ma’lumot uchun, Argentinada eng katta pul birligi 1000 peso hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 25 noyabrda 60 yoshida vafot etdi.
Avvalroq, Maradonaning qabri ochilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!