“Manchester Siti” hujumchisiga “Barselona” xaridor: u klubni tark etmoqchi

Angliyaning “Manchester Siti” klubining portugaliyalik a’zosi Bernardu Silva jamoani tark etishni xohlamoqda. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachi Ispaniya chempionatiga o‘tishni xohlashini o‘z agentiga ma’lum qilgan. 27 yoshli futbolchiga da’vogarlar orasida Kataloniyaning “Barselona” hamda Madridning “Atletiko” klublari bor.

So‘nggi xabarlarda aytilishicha, “Ko‘k-anorranglilar” Silvaning transferi borasida muzokara o‘tkazgan. Kataloniyaliklar “shaharliklar”ga futbolchilar almashinuvini taklif etgan, biroq “Siti” portugaliyalikni to‘liq sotishdan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Bernardu “Manchester Siti” sharafini 2017 yil yozidan beri himoya qilib keladi. Uning Angliya chempioni bilan shartnomasi 2024-25 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring