"Malika"da ishlaydigan opa-singillar topib olgan kartasidan 60 million so`mni echib oldi

Toshkentda o`zganing plastik kartsidan 60 million so`m mablag`ni echib olganlar qo`lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 8 noyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 21 yoshli A.A., Yunusobod tumani IIO FMB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o`z arizasida, joriy yilning 7 noyabr kuni unga tegishli bo`lgan plastik kartasidan 58.984.000 so`m miqdoridagi pullar noma`lum shaxs tomonidan echib olinganligini ma`lum qilib, ushbu noma`lum shaxslarni aniqlashda va ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyat opa-singillar, 27 yoshli Z.D. va 18 yoshli Z.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Z.D. va Z.M.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “b” va «g» bandlari (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchilar so`roq qilinganlarida, Z.D. mazkur plastik kartani uzi operator bo`lib ishlaydigan “Malika” savdo majmuasida joylashgan do`konidan topib olganligini, keyinchalik esa topib olingan plastik karta to`g`risida o`zining singlisi Z.M.ga xabar berib, birgalikda bankomat oldiga borib, tavakkal qilib parol tariqasida “7777” raqamini terishganliklari, shu tariqa plastik kartani himoya kodini bilib olib, unda bo`lgan pullarini echib olishganliklarini ma`lum qilishgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring