Maktablarda pandemiya sharoitida o`quv yilini boshlash bo`yicha qaror loyihasi tayyorlandi

Maktablarda pandemiya sharoitida o`quv yilini boshlash bo`yicha qaror loyihasi tayyorlandi deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Sog`liqni saqlash vazirligi Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikda pandemiya sharoitida ta`lim muassasalarida 2020-2021 o`quv  yilini tashkil etishda  amalga oshiriladigan tadbirlar to`g`risida qo`shma qaror loyihasini ishlab chiqdi.

 BMTning bolalar jamg`armasi (YuNISEF) tavsiyalari asosida yaratilgan ushbu qaror loyihasida «COVID-19» pandemiyasi davrida xalq ta`limi tizimidagi muassasalar ma`muriyati, tibbiyot xodimlari, pedagoglar, texnik xodimlar, o`quvchilar va ularning ota-onalari uchun alohida tavsiyalar aks etgan.  Unga ko`ra:

Реклама на Unews

 Maktab rahbarlariga:

 maktablarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, jumladan, qo`llarni muntazam ravishda yuvish jadvalini tuzish, qo`l yuvish joylarini hozirlash hamda ularni sovun va suv, shuningdek, ichimlik suvi bilan ta`minlash;

 maktab tasarrufidagi o`quv va maishiy binolarga kirib-chiqishda dezinfeksiya vositalarini joylashtirish, sinfxonalar sharoitini o`quvchilar orasida masofa saqlanishiga moslab qayta ko`rib chiqish;

Реклама на Unews

 maktablarda “ertalabki filtrlar” va “izolyasiya” xonalari tashkil etish va boshqa vazifalar;

Pedagoglarga:

 maktablarda gigiena ko`nikmalarini va sog`lom turmush tarzi qoidalarini doimo targ`ib qilish;

 sinf xonalari, suv va sanitariya inshootlarini muntazam tozalash va dezinfeksiyalash, o`quvchilarning doimiy  ravishda qo`llarni  yuvib turishi, masofa saqlashi va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;

 xonalarni shamollatish va dezinfeksiyalash kabi choralar hamma uchun foyda ekanligini o`quvchilarga va ularning ota-onalariga qaratilgan qisqa-qisqa suhbatlar orqali  tushuntirish va boshqa vazifalar;

Tibbiyot xodimlariga:

 “ertalabki filtrlar” ishlarini va kasallik aniqlanganda bemorni zudlik bilan izolyasiyalashni tashkillashtirishda ko`mak berish;

 dezinfeksiya vositalarini tayyorlashda maktab xodimlariga ko`rsatmalar berish;

 ma`muriyat ko`magi bilan o`quvchilar va maktab xodimlarining tibbiy bilim va madaniyatini oshirishda ishtirok etish kabi vazifalar;

Texnik xodimlarga:

 suv, sovun va yuvish vositalaridan foydalangan holda har kuni 3 marta nam tozalashni va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda kuniga 1 marta va haftada kamida bir marta umumiy tozalashni amalga oshirish;

 dezinfeksiyalash vositalari va yuvish vositalarini hamda ularning ishchi eritmalarini o`quvchilar qo`li etmaydigan joyda saqlash va ularni infeksion xavfsizligiga javobgar bo`lish va boshqa vazifalar;

Ota-onalarga:

farzandlariga gigiena qoidalarini o`rgatish;

ta`lim muassasasi  ma`muriyati va pedagoglari  bilan ma`lumot almashish maqsadida doimiy muloqotda bo`lib, maktab xavfsizligini ta`minlashga ko`maklashish va boshqa vazifalar yuklatitishi ko`zda tutilmoqda.

Qo`shma qaror loyihasi bilan Sog`liqni saqlash vazirligi rasmiy veb-sayti  — da batafsil tanishish mumkin.  

Loyiha yuzasidan fikr va mulohazalar Shtab@minzdrav.uz elektron manzilida qabul qilinadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring