Majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya murojaat bilan chiqdi

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi xodimlarni o‘z funksional vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb etish faktlarini to‘liq qoralaydi.

Murojaatda aytilishicha, nafaqat Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, balki boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda xodimlarning o‘z funksional vazifalaridan boshqa ishlarga jalb etilishining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rib boradi.

O‘z navbatida, komissiya fuqarolardan majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolar bo‘lganda 1176 hamda 1092 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishlarini so‘radi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring