Majburiy mehnat yo`q! Bugun paxta dalalarida eng ko`p buzilayotgan qonunbuzarliklar qaysilar?

Sentyabr... Yaqin 5-6 yilgacha kuzning kirib kelishi bir tomondan yangi o`quv yilining, ikkinchi tomondan esa paxta mavsumining boshlanishi sifatida qarshi olinardi. Hozir yoz davomida o`quvchilar uchun maktab formasi, o`quv qurollari sotib olishga o`tib ketganmiz. Bu ehtiyojlarni chetga surib, paxta etagi, ko`chma yashash uchun idish-tovoqdan yotoq ashyolarigacha to`plagan davrlarimizni allaqachon unutishga ulgurdik. 

 

Bolalar mehnatiga chek qo`yish ortidan “Cotton Campaign” xalqaro koalisiyasi tomonidan O`zbekiston paxtasiga qo`yilgan global boykotning bekor qilinishi mamlakatimiz uchun tarixiy voqelik bo`ldi. Nafaqat bolalar mehnati, balki, yuzoq yillar davomida istalgan davlatning tayanch sohalari bo`lgan ta`lim va sog`liqni saqlash tizimi hodimlarining ham paxta terimiga majburan jalb etilib kelinganligining jabrini hali hamon toryapmiz. Eng muhimi esa bu mantiqsiz va asossiz majburiyatlarning o`tmishda qolgani. 

 
 

Ma`lumotlarga yuzlansak, 2015-2016 yillarda paxta kampaniyasi davrida majburiy mehnat 14 foizni tashkil etgan bo`lib, bu ko`rsatkich 2020 yilda 4 foizni, 2021 yilda esa 1 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 2019 yilda 259 nafar (paxta mavsumida 132 nafar), 2020 yilda 103 nafar (paxta mavsumida 41 nafar), 2021 yilda 75 nafar (paxta mavsumida 5 nafar) mansabdor shaxslar majburiy mehnatga yo`l qo`yganligi sababli ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Реклама на Unews

Bu haqda bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida fuqarolik jamiyati vakillari, huquq ximoyachilari ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi. Majburiy mehnatga barham berilgan bugungi davrda paxta dalalaridagi eng ko`p sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari qaysilar? “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning bu savoliga majburiy mehnat bo`yicha huquq himoyachisi Shuhrat G`aniev quyidagicha javob berdi:


"Bugungi kunda “birdan yuzgacha” ro`yxatni oladigan bo`lsak, paxta dalalarida mehnat sharoitlarining yaratilmaganligi, terimchilarga to`lovlar, maoshlarning vaqtida berilmasligi, ichimlik suvi ta`minotidagi muammolar eng ko`p kuzatiladigan qonunbuzarliklar sirasiga kiradi".

2019 yildan ilk marotaba huquq ximoyachilari paxta dalalaridagi mehnat qonunchiligining buzilishi yuzasidan monitoringlar olib borib kelishyapti. 2021 yilda 17 nafar bo`lgan mustaqil kuzatuvchilar soni bu yil 20 nafarni tashkil etib, ularning paxta dalalariga to`siqsiz kirishlari uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan maxsus belgili ruxsatnomalar taqdim etilmoqda.

Реклама на Unews

Shu bilan birga joriy yilgi paxta monitoringiga respublika bo`ylab (350 dan ortiq) mehnat inspektorlarining barchasi o`z hududidida majburiy mehnatga yo`l qo`ymaslik hamda mehnat sharoitlarining yaratilishi yuzasidanmonitoringlarni olib borishadi, shu bilan birga respublika darajasida 50 nafar mehnat inspektorlaridan iborat ishchi-guruhlar tashkil etilib barcha hududlarda umumiy nazoratni olib borishadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring