Mahmud Murodov kechagi g`alaba uchun qancha gonorar oldi?

Xabaringiz bor, kuni kecha hamyurtimiz Mahmud Murodov “UFC 257” turnirida amerikalik Endryu Sanchesni uch raundga mo`ljallangan jangning so`nggi daqiqalarida texnik nokautga uchratdi.

Turnir markaziy jangida Dastin Pore sobiq chempion Konor Makgregorni engdi.

Ushbu turnir ishtirokchilari o`tkazgan janglari uchun qancha pul ishlab olganlari ma`lum bo`ldi, deb yozmoqda UzA. 

Реклама на Unews

Unga ko`ra, Mahmud Murodov jangi uchun 14 ming, g`alabasi uchun yana 14 ming, homiylardan 3,5 ming va "Kechaning eng yaxshi chiqishi", deb e`lon qilingani uchun 50 ming, jami 81,5 ming AQSh dollari bilan taqdirlandi.

Konor Makgregor esa mag`lubiyatiga qaramasdan, 3.04 million AQSh dollari ishlab oldi. Dastin Pore 830 ming AQSh dollariga ega bo`ldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring