Mahkumni hibsdan chiqarish evaziga 8 ming dollar so‘raganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir  o‘tkazilgan.

Unda fuqaro B.Yu. manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Sh.ni tanishlari orqali ozodlikka chiqarib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, B.Yu.ning ko‘rsatuviga asosan davom ettirilgan tadbirda, uning sheriklari X.X. va A.T.lar yuqoridagi holatni ijobiy hal qilib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring