Mahbuslar qamoqdan chiqish uchun ataylab koronavirus yuqtirishga urinishdi

Los-Anjelesda mahbuslar muddatidan avval qamoqdan chiqish uchun ataylab koronavirus yuqtirishga urinishdi. Bu haqda sherif Aleks Villanueva xabar bergan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Uning aytishicha, o‘tgan oy mahbuslar bitta idishdan issiq suv ichishgan va tibbiy niqoblarni bir-birlari bilan almashib taqqan. O‘sha vaqtda ulardan birortasida koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgani yoki bo‘lmagani ma’lum emas. Ammo oradan bir hafta o‘tib 21 nafar mahbusda infeksiya aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Kaliforniya shtatida o‘zganing avtomobiliga zarar yetkazgan fuqaroda koronavirus aniqlangach, qo‘yib yuborilgan edi. Ammo oradan 37 daqiqa o‘tgach yana avtomobil o‘g‘irlagani uchun uni qayta qo‘lga olishgan.

AQShda mart oyidan e’tiboran kichik jinoyat qilgan huquqbuzarlar koronavirusning oldini olish maqsadida qo‘yib yuborilmoqda.

Qozog‘istonda Alisher Usmonov ajratgan pullarni aholi o‘rtasida taqsimlash boshlandi

O'zbekistonda aholi shahsini mobil identifasiya orqali tasdiqlash tizimi yaratiladi

Реклама на Unews

Shveysariyada do‘kon va restoranlarni ochishga ruxsat berildi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring