Lukashenko Belarus xalqiga shoshilinch murojaat tayyorlamoqda

Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko xalqqa shoshilinch murojaat tayyorlamoqda, deya xabar beradi "Kommersant FM" matbuot kotibi Natalya Eysmontga tayanib, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Lukashenko Belarus xalqiga shoshilinch murojaat qilmoqchi", — deyiladi "Kommersant FM"ning tvitterdagi sahifasida.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko namoyishchilarni hibsga olish bilan shug‘ullanish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘ldi. Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova uning nomidan belorusiyaliklarga murojaat qilib, davlat rahbari mehnat jamoalarining fikrini eshitganligini aytib, so‘nggi kunlarda sodir etilgan barcha hibsga olish faktlarini tekshirishni buyurganini ta’kidladi, deb xabar beradi BelTA.

Реклама на Unews

"Bizga notinchlik kerak emas, urush ham", — deydi Kochanova.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring