Loma sobiq raqibi Teofimoning mag‘lubiyatiga izoh berdi

Professional boksning uch vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (16-2) amerikalik Teofimo Lopesning WBA, WBC, WBO va IBF chempionlik kamarlari uchun Jorj Kambososga qarshi jangdagi mag‘lubiyati haqida gapirdi.

Lomaning so‘zlariga ko‘ra, u amerikalik g‘alaba qozonadi deb o‘ylaganini tan oldi.

“Men Kambososga jang oldidan Lopesning imkoniyatlarini yuqori baholayotgan edim, ammo bokschi hayotining ma’nosi shu”.

Реклама на Unews

Shuningdek Lomachenko o‘zining yengil vazn toifasidagi ishtiroki haqida ham fikr bildirdi:

“Men o‘zim haqimda gapirishni istamayman. Bu muxlislar va boksni tushunadigan odamlarga berilishi kerak bo‘lgan savol. Agar mahoratim haqida gapiradigan bo‘lsak, men doimo o‘zimning eng yaxshi uslubimni, eng yaxshi mahoratimni ko‘rsatishga harakat qilaman”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Xulu” teatrida professional boksning yengil vazn toifasida mutlaq Jahon chempionligi uchun o‘tkazilgan jangda avstraliyalik Jorj Kambosos amerikalik Teofimo Lopes ustidan 115-111, 113-114, 115-112 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, ukrainalik “xay-tek” 2020 yilning oktyabr oyida Teofimo Lopesga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan va o‘zining WBC, WBO va WBA chempionlik kamarlarini boy bergan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring