Latviya Prezidenti koronavirusga chalindi

Latviya Prezidenti Egils Levitsda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Aytilishicha, virus tufayli Egils Levits Rigaga kelgan Estoniyaning yangi Prezidenti Alar Karis bilan rejalashtirilgan uchrashuvni keyinga qoldirgan.
Fransiyada COVID-19 ga qarshi samarali kurashish maqsadida 2022 yil 31 iyulga qadar favqulodda holat rejimi uzaytirilishi mumkin. O‘z navbatida, ushbu qoida restoran, bar va kinoteatrlarga kirish uchun sanitariya ruxsatnomalaridan foydalanish kabi cheklov choralarini uzaytirish imkonini beradi.

BMTning bayonot berishicha, 160 millionga yaqin odam pandemiya tufayli ochlikdan vafot etmoqda. Shu o‘rinda 120 millionga yaqin fuqaro qashshoqlikda yashayapti, 100 million bola esa ta’lim olishda qiyinchilikka uchramoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring