La Ligaga qachon start berilishi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 2020 yilning 12 iyunida tiklanishi mumkin. Bu haqda “As” xabar bermoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

La Liga rahbari Xaver Tebasning so‘zlariga ko‘ra, klublar mavsumni qayta boshlash uchun dastlabki sana haqida allaqachon xabardor qilingan.

Manbada aytilishicha, agar pandemiya bilan bog‘liq vaziyat talab qilsa, turnirning tiklanishi bir haftaga qoldirilishi mumkin.

Реклама на Unews

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa musobaqalarida ishtirok etadigan klublar xalqaro o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mavsumni ikki oy ichida yakunlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli Yevropadagi barcha futbol musobaqalari qoldirilgan edi. Shundan so‘ng, umumiy holatning yaxshilanayotgani inobatga olinib, musobaqalarni davom ettirish rejalashtirilmoqda. Bunga Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi, Angliya premer ligasi kabi turnirlarni misol qilsa bo‘ladi.

O'zbekistonda karantin rejimi bekor bo'ldimi? 11 maydan bo'ladigan o'zgarishlari...

Реклама на Unews

Qarta ochildi: koronavirus Xitoyga qanday foyda keltirmoqda?

Shavkat Mirziyoyev koronavirus bo‘yicha yangi qaror imzolaydi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring