BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

La-liga: urilmagan penaltilar, «Real»ni quvib kelayotgan «Barsa» va boshqalar

Haftaning o‘rtasida Ispaniya chempionatining 33-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Madridning «Real» jamoasi ishonchli yurishini davom ettirib, Benzema ikkita penaltini urolmagan bo‘lsa-da, g‘alaba qozondi va 15 ochkolik farqni saqlab turibdi. Umuman, bu turda boshqa futbolchilar ham belgilangan penaltidan foydalana olmagan.

Uning ortidan esa bir zaxira o‘yini bor «Barselona» kelyapti va hali chempionlik masalasi hal bo‘lganicha yo‘q. Albatta, oldinda 5 tur qoldi, madridliklar hammasida mag‘lubiyatga uchramasa kerak. Lekin baribir fakt bu fakt, ular hozircha chempion emas.

Kuchli to‘rtlikka kirish uchun ham kurash qizg‘in kechyapti. «Sevilya» va «Atletiko»dan tashqari «Betis», «Real Sosedad» va «Vilyarreal» ham YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin. Quyida tur o‘yinlari, statistikalari, ramziy termasi va tur qahramoni haqida gaplashamiz.

La-liga, 33-tur natijalari

Malorka - Alaves - 2:1
Gollar: Prats, 11 (1:0). Muriki, 45+4 (2:0). Railo, 73 - o‘z darvozasiga (2:1).
19 aprel. Palma-de-Malorka. «Vizit Malorka Estadi» stadioni.
Bosh hakam: Sesar Soto Grado (Toledo).

Betis - Elche - 0:1
Gol: Morente, 82 (0:1).
19 aprel. Sevilya. «Benito Vilyamarin» stadioni.
Bosh hakam: Alberola Roxas (Kastiliya-La-Mancha).

Vilyarreal - Valensiya - 2:0
Gollar: Gruneveld, 10 - penaltidan (1:0). Gruneveld, 17 (2:0).
19 aprel. Vilyarreal. «Estadio-de-la-Seramika» stadioni.
Bosh hakam: Xose Munuera Montero (Andalusiya).

Atletiko - Granada - 0:0
20 aprel. Madrid. «Vanda Metropolitano» stadioni.
Bosh hakam: Xesus Xil Mansano (Don-Benito).

Selta - Xetafe - 0:2
Gollar: Mayoral, 23 (0:1). Mayoral, 51 (0:2).
20 aprel. Vigo. «Balaidos» stadioni.
Bosh hakam: Xayme Latre (Ueska).

Osasuna - Real Madrid - 1:3
Gollar: Alaba, 12 (0:1). Budimir, 13 (1:1). Asensio, 45 (1:2). Lukas Vaskes, 90+6 (1:3).
Urilmagan penaltilar: Benzema, 52 (darvozabon). Benzema, 59 (darvozabon).
20 aprel. Pamplona. «Reyno-de-Navarra» stadioni.
Bosh hakam: Rikardo De Burgos Bengoyechea (Bilbao).

Levante - Sevilya - 2:3
Gollar: Korona, 14 (0:1). Morales, 22 - penaltidan (1:1). Korona, 27 (1:2). Kunde, 81 (1:3). Soldado, 87 (2:3).
Urilmagan penalti: Morales, 71 (noaniq).
21 aprel. Valensiya. «Syudad de Valensiya» stadioni.
Bosh hakam: Isidro Dias de Mera (Daymel).

Espanol - Rayo Valekano - 0:1
Gol: Gvardiola, 42 (0:1).
21 aprel. Barselona. «Kornelya El Prat» stadioni.
Bosh hakam: Antonio Mateu Laos (Valensiya).

Kadis - Atletik - 2:3
Gollar: Raul Garsiya, 3 (0:1). Munyain, 22 (0:2). Vesga, 33 (0:3). Lukas Peres, 56 (1:3). Sobrino, 87 (2:3).
Urilmagan penalti: Munyain, 22 (darvozabon).
21 aprel. Kadis. «Ramon de Karransa» stadioni.
Bosh hakam: Valentin Pisarro Gomes (Madrid).

Real Sosedad - Barselona - 0:1
Gol: Obameyang, 11 (0:1).
21 aprel. San-Sebastyan. «Reale Arena» stadioni.
Bosh hakam: Karlos del Serro (Madrid).

Musobaqa jadvali

M  Klub I V N P Myachi Ochki
1  Real Madrid 33 24 6 3 69-29 78
2  Barselona 32 18 9 5 61-32 63
3  Sevilya 33 17 12 4 49-27 63
4  Atletiko 33 18 7 8 59-39 61
5  Betis 33 17 6 10 56-38 57
6  Real Sosedad 33 15 10 8 32-31 55
7  Vilyarreal 33 14 10 9 53-31 52
8  Atletik 33 12 12 9 39-34 48
9  Osasuna 33 12 8 13 34-44 44
10  Valensiya 33 10 12 11 44-48 42
11  Selta 33 10 9 14 36-37 39
12  Espanol 33 10 9 14 37-45 39
13  Elche 33 10 8 15 36-44 38
14  Rayo Valekano 32 10 7 15 33-38 37
15  Xetafe 33 8 11 14 31-37 35
16  Malorka 33 8 8 17 29-54 32
17  Kadis 33 6 13 14 29-46 31
18  Granada 33 6 12 15 36-56 30
19  Alaves 33 6 7 20 26-55 25
20  Levante 33 5 10 18 41-65 25

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

25 ta
Karim Benzema (Real Madrid, 7)

15 ta
Xuanmi (Betis)
Raul de Tomas (Espanol, 4)
Enes Unal (Xetafe, 2)

14 ta
Yago Aspas (Selta, 3)
Vinisius Junior (Real Madrid)

13 ta
Xoselu (Alaves, 6)

12 ta
Xose Luis Morales (Levante, 2)

11 ta
Luis Suares (Atletiko, 2)
Anxel Korrea (Atletiko)
Gonsalu Gedesh (Valensiya, 1)
Karlos Soler (Valensiya, 7)

10 ta
Memfis Depay (Barselona, 4)
Arno Danjuma Gruneveld (Vilyarreal, 3)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Mark-Andre TER STEGEN (Barselona) – Pablo MAFFEO (Malorka), Jyul KUNDE (Sevilya), David ALABA (Real Madrid), Serxio ESKUDERO (Granada) – Lukas OKAMPOS (Sevilya), Raul GUTI (Elche), Iker MUNYaIN (Atletik) – Borxa MAYORAL (Xetafe), Arno GRUNEVELD (Vilyarreal), Xesus KORONA (Sevilya).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

33-turning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida «Xetafe» hujumchisi Borxa Mayoralni tanladik. Madridliklar «Selta»ga qarshi o‘yinda favorit emasdi, ammo aynan Mayoralning dubli evaziga ishonchli g‘alabaga erishishdi. Aytish mumkinki, bu 3 ochko ularni quyi ligaga tushib ketishdan asrashi mumkin.

Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring