KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi barcha aloqa vositalari to‘xtatildi

Bugun, 9 iyun kuni KXDR rasmiylari Shimoliy Koreyaga targ‘ibot varaqalarini yuborganiga javoban Janubiy Koreya bilan barcha aloqa vositalarini to‘xtatadi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdideb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

"Ushbu qadam Janubiy Koreya bilan barcha mumkin bo‘lgan aloqa vositalarini butunlay yo‘q qilish va boshqa keraksiz harakatlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida qarorlar ro‘yxatida birinchi bo‘ladi", deyiladi xabarda.

KMTA ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi barcha telefon tarmoqlari bugun, 9 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 12:00 (Toshkent vaqti bilan 08:00) dan uzildi. "Bizning tomonimiz 2020 yil 9 iyunda Shimoliy va Janubiy Koreyaning ma’murlari o‘rtasidagi doimiy aloqa vositasi, shu jumladan, Sharqiy va G‘arbiy dengizlardagi harbiylar o‘rtasidagi aloqa liniyalari, shuningdek, koreyslararo aloqa idorasi tomonidan olib boriladigan aloqa liniyalari butunlay uzildi. Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Chxonvade (Qoreya Respublikasi Prezidentining qarorgohi) o‘rtasidagi aloqa vositalari ham to‘xtatildi", deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qaror Koreya Mehnat partiyasi (KMP) Markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kim Yon Chxol va KMP Markaziy qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kim Yo Chjon bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qabul qilindi. "Ular dushmanga qarshi bosqichma-bosqich harakatlar rejasini muhokama qilishdi. Birinchi qadam sifatida Shimol va Janub o‘rtasidagi barcha aloqa liniyalarini butunlay uzib qo‘yishni buyurishdi", deyiladi KMTA xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring