BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Kuz yoki qish mavsumidagi koronavirus yozdagisidan farq qiladimi?

— Kuz yoki qish mavsumidagi koronavirus yozdagisidan farq qiladimi? Koronavirusli pnevmoniya sovuq tushganda qanday kechadi? Bu haqda nimalarni bilishimiz kerak?

— Koronavirusning mavsumiy xarakteri ayni damda hali tasdiqlanmagan. Qish oylarida grippning mavsumiy avj olishi  koronavirusning tarqalishi davriga to‘g‘ri kelishi mumkin. Klinik belgilarga ko‘ra, kuzgi yoki qishgi koronavirus yozdagisidan hech qanday farq qilmaydi. Ayni damda koronavirus va u sabab yuzaga keluvchi pnevmoniya qishda, sovuq tushgach qanday kechishi noma’lum. 

Kasallik sovuq havo ta’sirida yanada faollashishi ham mumkin. Shu sababli barchamiz qish mavsumida koronavirus infeksiyasidan himoyalanishga mas’uliyat bilan yondashishimiz lozim. Bu paytda sovub ketish, stress kabi immunitetni susaytiruvchi omillardan qochish tavsiya qilinadi. To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish organizmning immun tizimiga koronavirus infeksiyasi bilan kurashda yordam beradi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Fikr qoldiring