Kusherbayev DTM haqida: "Noqonuniy pul o‘zlashtirish va korrupsiyaning hidi kelyapti"

Oldinroq Davlat test markazining abituriyentlarga kepka sotib olish uchun 7 milliardga yaqin pul o‘tkazgani, ammo abituriyentlarga kepka tarqatilmagani haqida xabarlar tarqalgan va yaxshigina mulohazalarga sabab bo‘lgandi. DTM bunga rasmiy izoh ham berdi, ammo bu izoh shubhalarni tarqatib yuborish uchun yetarli bo‘lmadi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Deputat Rasul Kusherbayevning fikriga ko‘ra, bu yerda korrupsiya va noqonuniy pul o‘zlashtirishning hidi kelyapti.

"Davlat test markazi tomonidan kepka, oziq-ovqat mahsulotlarini  buyurtma va harid qilish jarayonlarida o‘zaro til biriktirish orqali noqonuniy yo‘l bilan mablag‘larni o‘zlashtirish alomatlari mavjud. Shuningdek, korrupsiyaning ham izlari sezilmoqda. 

Реклама на Unews

Shu sababli Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur masalani o‘rganib, huquqiy baxo berishlari shart. 

Bu jarayon hech qanday ta’sir va bosimlarsiz qonun doirasida jamoatchilik uchun ochiqlab olib borilishini so‘raymiz", – dedi u.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring