Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi hamda IIV Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.P.” MCHJ norasmiy sotuvchilari O.L va M.Z.lar 2 dona “Regapen” nomli dori vositasini xaridorga 40 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, MCHJ ga qarashli dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 140 dona “Regapen”, 94 dona “Zardeks”, 99 dona “Selofen” va 10 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Y.P” MCHJ dorixona norasmiy sotuvchisi F.X. 28 dona “Regapen” hamda 4 dona “Tropikomid” nomli dori vositalarini xaridorga jami 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring