Kuchli qor bo`roni AQShda minglab parvozlarni cheklab qo`ydi

AQShning sharqiy qirg`oqlariga yopirilgan qor bo`ronlari tufayli, deyarli, uch mingga yaqin aviaparvozlar bekor qilindi, deb xabar beradi “CNN”.

Tabiiy ofat qamragan tumanlarda 74 millionga yaqin aholi yashaydi.

Havo yo`nalishida 2800 dan ziyod reys to`xtatildi. Kuchli shamol bilan yopiriluvchi muz, yomg`ir va qor aralash bo`ron janubi-sharqiy shtatlardan shimolga qarab harakatlanmoqda.

Реклама на Unews

 Vashington va uning tegrasidagi hududda kuchli qor yoqqan. Mahalliy axborot manbalarida Floridadan Kanada chegarasigacha bo`lgan ayrim transport yo`llari yopilishi taxmin qilinmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring