Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalindi

Dunyo futbol yulduzlaridan biri, Portugaliya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu  koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. 35 yoshli futbolchi dushanba kuni topshirgan testi musbat natija bergan. Bu haqda Portugaliya futbol federasiyasi saytida xabar berildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

U Millatlar ligasi musobaqasi doirasidagi Shvesiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Qayd etilishicha, Ronalduda kasallik simptomsiz o‘tyapti va u o‘zini yaxshi his qilmoqda. U izolyasiyaga olingan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 14-10-2020 Jasur

    Tuzalib ketsin iloyim

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish