Kreditlarga kafil bo‘lishdan oldin oqibatlari bilan tanishib chiqing!

So‘nggi paytlarda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga kreditlarga kafil bo‘lgan fuqarolar tomonidan qarzdorlar o‘z vaqtida kreditlarni qaytarilmasligi natijasida ularni undirish kafilning hisob raqamiga qaratilayotganligi masalasida murojaatlar kelib tushmoqda.

O‘z-o‘zidan nega qarzdorlikni so‘ndirish qarz oluvchiga tegishli boshqa mol-mulklarga qaratilmasdan kafilning bank kartalaridagi mavjud pul mablag‘lari hisobidan akseptsiz (mijozning roziligisiz) tarzda amalga oshirilayotganligi bo‘yicha savollar tug‘iladi.

 

Markaziy bank axborot xizmati kredit oluvchilarga kafil bo‘lish sabablari, tartiblari va oqibatlari to‘g‘risida fuqarolarga batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Реклама на Unews

Kafil shaxs kredit mablag‘i ajratgan kredit tashkiloti oldida qarz oluvchi bilan baravar hajmda javob beradi (kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa), shu jumladan, kafil shaxs kredit tashkilotiga qarzdorning o‘z vaqtida to‘lanmagan kreditining asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarini to‘lashdan tashqari, ushbu kreditni undirib olish bilan bog‘liq sud xarajatlarini va qarzdor o‘z majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kredit tashkilotiga yetkazilgan boshqa zararlarni ham to‘laydi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring