Krasnodar o`lkasida maoshsiz va hujjatlarsiz qolib ketgan o`zbekistonliklar vatanga qaytarildi
1363 27-05-2022 0 O'zimizdaKrasnodar o`lkasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Krasnodardagi vakilligga asli samarqandlik bo`lgan D.M. va U.Z.dan hujjat va oylik maoshlari berilmayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.
Murojaat o`rganilganda fuqarolar 2022 yil fevral oyida Krasnodar o`lkasiga kelib mavsumiy qishloq xo`jaligi ishlarida mehnat faoliyatini amalga oshirgani va ish beruvchi tomonidan hujjatlari olib qo`yilgani ma`lum bo`ldi.
Vakillik xodimlari tomonidan ish beruvchi bilan muzokaralar olib borilgandan so`ng, yurtdoshlarimizning hujjatlari va oylik maoshlari undirib berildi hamda Vatanga qaytarildi.
Реклама на Unews
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.