Koronavirusnung yangi xavfli "qobilyatlari" aniqlandi!

Rossiya olimlari olib borgan so'ngi kuzatishlar shundan dalolat bermoqdaki, koronavirus inson organizmida 90 kungacha yashab qolishi mumkin.

Sog'aygan odamlarda COVID-19 belgilari yo'qolsada, ular 3 oygacha virus tashuvchi bo'lib qolishi mumkin. Bu haqida Rossiya fanlar akademiyasida bo'lib o'tgan prezidiumda RosPotrebNadzor boshlig'i Anna Popova e'lon qilgan.  

"Bizning Rossiyadagi bugunki kuzatuvlarimiz - 48 kungacha, lekin chet e'lda 90 kunga yetmoqda. Odamda kasallik belgilari yo'q, qonda barcha ko'rsatgichlar joyida, lekin ular nafas yo'llari orqali virus ajratadi." - deya takidlagan Popova.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring