BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Koronavirusning yana bir xavfli asorati aniqlandi!

Amerikalik olimlar kattalarda o‘tkir yallig‘lanuvchi MIS-A sindromini aniqlashdi. U koronavirusning og‘ir asorati hisoblanadi. Bu haqda AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi xabar berdi.

Avvalroq bu sindrom COVID-19 bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarda qayd etilgandi. Yurak va oshqozon-ichak yo‘li bilan bog‘liq muammolar, xususan, aritmiya va qorin og‘rig‘i uning alomatlari hisoblanadi. Lekin bemorlarda o‘tkir respiratorli kasalliklar belgilari kuzatilmagan.

Mutaxassislar AQSh va Buyuk Britaniyada 21 — 50 yoshlardagi bemorlar orasida qayd etilgan 16 ta holatni o‘rganib chiqishdi. Ularning hammasida aritmiya aniqlangan, 12 nafarining isitmasi chiqqan, faqat sakkiztasida respiratorli alomatlar kuzatilgan. Bemorlarning o‘ntasi reanimatsiyaga tushib qolib, ikki nafari vafot etgan.

Shu bilan birga, koronavirusni yuqtirish bilan MIS-A ning kelib chiqish alomati o‘rtasidagi aniq vaqt noma’lumligi qolayotgani ta’kidlanmoqda. Shunga ko‘ra olimlar ushbu alomatlar COVID-19ning og‘ir asorati hisoblanadimi yoki infeksiyadan keyingi jarayonmi, degan savolga javob berisholmayapti. Biroq MIS-A belgilari paydo bo‘lgunga qadar COVID-19ning o‘ziga xos alomatlari haqida ma’lum qilgan bemorlarda o‘rtacha 2-5 haftadan keyin sindrom paydo bo‘lgan.

So‘ngra ushbu bemorlarda infeksiyaning klinik kechishi, kasallik oqibatlari hamda hushdan ketish, nafas olishga qiynalish va gipoksiya kabi og‘ir alomatlar kuzatilgan. Shundan keyin tadqiqotchilar D vitamini tanqis va me’yorda bo‘lgan bemorlarning ushbu ko‘rsatkichlarini taqqoslashgan. Buni qarangki, D vitamini yetarli bo‘lgan COVID-19 bemorlarida noxush klinik alomatlar — o‘lim yoki og‘ir asoratlar xavfi nisbatan kam bo‘lgan.

Gripp "sezon" yaqin! Koronavirus bilan grippning farqli alomatlarini bilasizmi? — mutaxassis javob beradi... Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara UBAYDULLEVA shu haqidagi savolga javob qaytardi. Savol: Koronavirus bilan grippni qanday farqlash mumkin? Javob: Koronavirus va grippning bir-biridan ajratuvchi bir necha belgilari mavjud. Jumladan, kasallangan bemor bilan muloqotda boʻlsangiz, gripp kasalligining yashirin davri 5-7 kun, koronavirusning yashirin davri esa 2-14 kun. Ikki kasallik ham tumov, koʻz yoshlanishi, burun oqishi, aksa urish, tana haroratini koʻtarilishi bilan kechadi. Lekin gripp kasalligida: — umumiy belgilar 1-3 kungacha boʻladi. Yengil darajasida tana haroratining 38 S dan yuqori boʻlishi bir marta kuzatiladi, 3-kundan boshlab bemor ahvoli yaxshilanishni boshlaydi; — grippning ogʻir kechuvida, agarda kasallik bronxlar va oʻpkalarni jarohatlagan boʻlsa, unda gripp oqibatida kuzatiladigan tana harorati 5 kundan ortiq ham 38 S dan yuqori boʻlishi mumkin, undan koʻp muddat kuzatilmaydi. Gripp kasalligida yoʻtal birinchi 3-4 kun quruq, soʻngra esa balgʻamli boʻladi va davolashda asosiy maqsad balgʻamni parchalash yoki koʻchirishga koʻmaklashishdir; — gripp kasalligidagi pnevmoniyada oʻpkaning yalligʻlanishi kasallikning reabilitatsiya jarayonida qayta tiklanishi mumkin. Gripp kasalligi faqat yuqori va pastki nafas yoʻllarini zararlaydi. Gripp kasalligida asab tizimining jarohatlanishi kuzatilmaydi. Koronavirus kasalligida esa: — umumiy belgilar 1-3 kun kuzatiladi, tana harorati yengil kechuvida 38 S darajaga bir marta koʻtariladi. Soʻngra 37 darajada boʻladi. Yengil kechuvida toʻgʻri davoni saqlagan holda olib borilsa, bemor ahvoli kasallikning 5-7 kunlarida yaxshilanib boradi; — kasallikni ogʻir kechuvida esa, 8-kundan boshlab tana harorati 39-40 darajagacha koʻtariladi. Umumiy holsizlik kuchayadi, quruq yoʻtal zoʻrayadi, nafas yetishmovchiligi, yaʼni hansirash ham kuchayadi. Koronavirusda yoʻtal balgʻamsiz boʻladi va u kasallikni kechuviga bogʻliq holda 2-3 haftadan 1,5 oygacha kuzatilishi mumkin; — koronavirusdagi yoʻtalni davolashda koʻproq nafas mashqlarini oʻtkazib, alveolalarning faoliyatini toʻliq taʼminlash bilan organizmning toʻqima va hujayralariga kislorod taʼminotini tiklashga qaratilgan boʻladi; — koronavirus kasalligining ogʻir va oʻta ogʻir kechuvida oʻpkalar interstitsiyasi, alveolalarining fibroz toʻqima bilan qoplanishi oylar davomida tiklanishi yoki maʼlum qismi umuman tiklanmasligi ham mumkin; — koronavirus kasalligida inson organizmining bir necha aʼzolari (nafas aʼzolari, oshqozon ichak tizimi aʼzolari, yurak qon tomir tizimi aʼzolari, buyrak tizimi, endokrin bezlar tizimi, markaziy va periferik asab tizimi kasalliklari jarohatlanadi. Ayniqsa, asab tizimi va ruhiyatning zararlanishi kuzatiladi.
Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

5 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 06-10-2020 Sitora

    Bu xam bir sinov olloxning sinovi bardoshli bolaylik

    Javob yozish
  2. 05-10-2020 Алибек

    Качон бу спец одеждани ечамиз экан тезрок тугаса яхши буларди

    Javob yozish
  3. 05-10-2020 Дони

    Инна лилахи ва инна илайхи рожиун

    Javob yozish
  4. 05-10-2020 cayot

    Obboo

    Javob yozish
  5. 05-10-2020 Фарида

    Аллохдан узга хеч ким билмайди эртага ким тирик ё ким улишини Аллохимдан соглик узок умир сурайлик хаммага

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish