Koronavirusning yana bir kutilmagan alomati aniqlandi

Ko‘zlarning sezgirligi koronavirus infeksiyasi alomati bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mutaxassislar tadqiqot o‘tkazdilar va COVID infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan suhbatlashdilar. Sog‘ayganlarning 81 foizi dastlabki ikki hafta davomida ko‘zlari bilan muammolar bo‘lganligini, 18 foizida fotofobi yoki yorug‘likka sezgirlik oshganligi, 17 foizida qichishganligi va 16 foizida ko‘z og‘rig‘i bo‘lganligi haqida xabar berishgan.

Olimlar, shuningdek, ularning hech biri bakterial infeksiyalarga xos bo‘lgan shilliq sekresiya yoki ko‘zning kesilishi haqida gapirmaganligini payqashdi. Kon’yunktivitni koronavirus infeksiyasidan aniq ajratish muhimdir, deya qo‘shimcha qildi mutaxassislar.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring